

"IMIR-TRADE GROUP" MChJ O’zbekistonda qadoqlangan ichimlik suvi ishlab chiqaruvchi yetakchi kompaniyalardan biridir.
2004-yilda «PRIDE» savdo belgisi ostida gazlangan ichimlik bozorga kirib keldi. Keyinchalik «FRUCTIS» (2007), «BIOLIFE» (2015), «Moxito» (2012), «Tima TEA» (2017) va «Sitro» (2018) brendlari respublika bo‘ylab iste’molchilar mehrini qozondi.
Kompaniyada mahsulotlarni mijozlarga yetkazib berish uchun maxsus transport vositalari mavjud. Shuningdek, chakana savdo nuqtalari bilan bevosita ishlovchi mustaqil kuryerlar ham bor.
«IMIR-TRADE GROUP» MChJ avtoparkida ISUZU, Gazelle, Ford, Mercedes, Sprinter, Hundai, Labo va Damas avtomobillari mavjud.
Kompaniya 2004-yildan boshlab O‘zbekistonning turli hududlarida ishlab chiqarish maydonlarini kengaytirib kelmoqda.
O’zbekistondagi ishlab chiqarish maydonlari:
«IMIR-TRADE GROUP» MChJ respublika bo‘ylab jami qariyb 18 200 kv.m maydonga ega bo‘lgan ishlab chiqarish sexlari va omborlarga ega.

| Suv va gazli ichimliklar ishlab chiqaruvchi Asbob-uskunalar | Ishlab chiqarilgan davlat | Yili |
|---|---|---|
| KHS | Germaniya | 2015 |
| MELIGARI | Italiya | 2018 |
| KRONES | Germaniya | 2021 |
| Suv tozalash Asbob-uskunalar | Ishlab chiqarilgan davlat | Yili |
|---|---|---|
| Arionex | Shvetsariya | 2014 |
| Arionex | Shvetsariya | 2017 |
Mijozlarga xizmat ko’rsatuvchi savdo jamoasining umumiy soni taxminan 90 kishini tashkil qiladi. Respublika bo’ylab savdo jamoasining malakasi va tajribasini oshirish uchun Kompaniya vaqti-vaqti bilan turli xil kurslar, treninglar va jamoaning shaxsiy rivojlanishi uchun maxsus tadbirlar tashkil qiladi. Buning uchun ba’zan xorijiy mamlakatlardan trenerlar taklif qilinadi. Bundan tashqari, Kompaniya har yili yoz faslida iste’molchilarni quyi haroratli mahsulotlar bilan ta’minlash uchun savdo nuqtalariga tijorat muzlatgichlari tarqatadi. Tarqatish kanallari – an’anaviy chakana savdo, zamonaviy chakana savdo (supermarketlar), ulgurji savdo nuqtalari, HORECA va davlat tashkilotlari hisoblanadi. Kompaniya o‘z mahsulotlarini qo‘shni davlatlarga eksport qilishni yo’lga qo’ygan. Faqat toza, foydali suv bilan ta’minlash etarli emas; Biolifeda biz ichimliklarni qadoqlashdagi zararlarga qarshi chiqamiz va doimiy ravishda atrof-muhitga yetkazilgan ko’r ko’rona zo’ravonlikni kamaytirishga intilamiz. Bizning maqsadimiz tabiatga zarar keltirmagan holda, aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash.
Siz uchun eng yaxshilari
Barchasini ko'rish
























+99871 295 11 77
+99871 207 22 88
Info@Imirtradegroup.Uz
O‘zbekiston Respublikasi, 100182,
Toshkent, Bektemir tumani, X.Baykaro ko‘chasi 92-uy